Tsement nefelinli
Tsement nefelinli – nefelinli shlam, qotirish aktivatorlari (ohak yoki portlandtsement) va kirishi muddatlarini regulirovkalash uchun qo’shiladigan gipsni yupqa maydalash bilan olinadigan gidravlik bog’lovchi modda. Nefelinli tsementning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 15-30 MPani tashkil etadi. Bu tsement kam issiqlik ajratib chiqarishi, agressiv muhitlarga bardoshliligi, sovuqbardoshligi bilan boshqa tsement turlaridan farq qiladi, uning bunday xossalari uni fuqaro, sanoat va gidrotexnika qurilishida qo’llash imkonini beradi. Nefelinli tsement avtoklavli ishlov berish bilan silikatli qurilish, buyumlarini ishlab chiqarishda, ayniqsa, samara beradi.