TSIN

TSIN (aynan — toza) — Xitoyda hukmronlik kilgan manjur imperatorlari sulolasi (1644— 1912). Tsin sulolasi hukmronligini 4 ta yirik davrga bo’lish mumkin: 1) manjurlarning Xitoyga bostirib kirganidan Min davlati chegaralarida Tsin tuzumini o’rnatilishigacha (1644-83; Shunchji va Kansi hukmronligi); 2) 17-asrning 80-yillaridan 18-asrning 70-yillarigacha — Xitoyda Tsin tuzumining nisbatan turg’un ichki siyosati va Xalxadagi mo’g’ul knyazliklari, Amurdagi rus qishloqlari, Jung’or xonligi, Tibet, Sharqiy Turkiston, Vetnam, birma, Nepal va boshqalarga nisbatan bosqinchilik yurishlari (Kansi, Yunchjen va Syanlun hukmronliklari) davri; 3) 18-asrning 70-yillaridan 19-asrning oxirigacha, ya’ni Tsin monarxiyasi 19-asr o’rtalarida kapitalistik davlatlar agressiyasi natijasida ichki nizolarning kuchayishi (Syanlun, Szyasin, Daoguan, Syanfin, Tunchji, Guansyuy hukmronliklari) davri; 4) 1894-95 yillardagi Yaponiya— Xitoy urushidan Tsinlarning taxtdan voz kechgunlarigacha bo’lgan davr. Tsin imperiyasi imperialistik davlatlarning yarim mustamlakasiga aylangan. Sinxay inqilobi natijasida Tsin sulolasi hukmronligi ag’darib tashlangan (so’nggi manjur imperatori Pu I 1912 yil 12 Fevralda taxtdan rasman voz kechgan).