TSINKIT
TSINKIT — oddiy oksidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi ZnO. Odatdagi aralashmalari: MgO (9% gacha), ro (5,3% gacha) va FeO (1,1% gacha). Geksagonal singoniyada kristallanadi. Odatda, donador to’plamlar holida uchraydi, kristallari siyrak. Rangi to’q sariqdan to’q qizilgacha. Kam uchraydi. Qattiqligi 4-5; zichligi 5,6—5,7 g/sm3, yarim o’tkazgich. Olmosdek yaltiraydi. Shaffof, mo’rt. Villemit, franklinit va boshqa kamyob minerallar bilan birga kontakt-metasomatik konlardagi qayta kristallangan ohaktoshlarda uchraydi. Zn rudasi sifatida AQShning skarn tipidagi Franklin konida qazib chiqariladi; ba’zi qo’rg’oshin-rux konlarida ham topilgan.