TSINXAY
TSINXAY — Xitoyning shimoliy- g’arbiy qismidagi provintsiya. Maydoni 721 ming kilometr kvadrat. Aholisi 5,03 million kishi (1999), aksari qismi xitoylar, shuningdek, Tibet, dungan, qozoqlar ham yashaydi. Ma’muriy markazi — sinin shahri. Yer yuzasi, asosan, tog’ va tekisliklardan iborat. Tsaydam soyligi shimdan Nanshan va Oltintog’, Janubdan Kunigun tog’lari bilan o’ralgan. Janubroqda Tibet tog’ligining shimoliy-sharqiy qismlari joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq va yozi salqin. Yillik yog’in 300-500 millimetr. Yantszi, Xuanxe, Mekong daryolarining boshlanish qismlari Tsinxay hududida. Ko’l ko’p, eng yirigi — Kukunor. Tsinxay — Xitoyning iqtisodiy jihatdan kamroq rivojlangan provintsiyasi. Qishloq xo’jalikda yaylov chorvachiligi yetakchi. Asosan, qo’y va echki boqiladi. Chorvachilikning asosiy mahsuloti — jun va go’sht. Dehqonchilik bilan daryo vodiylarida shug’ullaniladi. Donli ekinlar, shuningdek, raps, kartoshka va poliz ekinlari etishtiriladi. Neft, toshtuz, qo’rgoshin va rux rudalari konlari topilgan. Neftni qayta ishlash zavodlari, metallurgiya va mashinasozlik sanoati, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari mavjud. Qadimda provintsiya hududida jun, keyinroqtufon qabilalari yashagan. 14- 17-asrlarda mo’g’ullar qo’l ostida bo’lgan. 18-asrning 20-yillarida Xitoy nazorati ostiga o’tgan. 1928 yildan Xitoyning Tsinxay provintsiyasi.