TSIRKONIY DIOKSID

TSIRKONIY DIOKSID, ZrO2 -tsirkoniyning yagona barqaror oksidi, oq rangli kristall modda. Bir necha modifikasiyalari mavjud. Tsirkoniy dioksidning barqaror modifikatsiyasi tabiatda baddeleit minerali ko’rinishida uchraydi. Suyuqlanish temperaturasi 2710°, qaynash temperaturasi 4500° atrofida. Zichligi 5,86 g/sm3, Moos shkalasi buyicha qattikligi 6,5. Suvda, ko’pchilik kislotalar, ishqorlar, tuzlar va barcha organik erituvchilarda erimaydi. Ftorid kislota, kontsentrlangan sulfat kislota, eritilgan shisha va burada eriydi. Tsirkoniy dioksid tsirkoniyning termik beqaror birikmalarini (gidroksidi, nitrati, oksalati va boshqalar) qizdirish natijasida hosil bo’ladi. Olovbardosh materiallar olishda, silliqlovchi material sifatida, bo’g’iq sir va emallar tayyorlashda qo’llanadi.