TSXINVALI

TSXINVALI (1934 yildan 1961 yilgacha Staliniri) — Gruziyadagi shahar (1922 yildan). Janubiy Osetiya markazi. Katta Liaxvi daryosi (kura daryosi irmog’i) bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Samtredia — Boku yo’nalishidagi Gori stansiyasi bilan temir yo’l tarmog’i orqali bog’langan. Aholisi 43 ming kishiga yaqin (1990 yillar o’rtalari). Elektrotexnika, metallsozlik, yengil, kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoatlari va boshqalar rivojlangan. Pedagogika instituto, drama teatri, Janubiy Osetiya o’lkashunoslik muzeyi bor.