TSYUY YUAN
TSYUY YUAN (taxminan miloddan avvalgi 340-278 yillar) — Xitoy she’riyati tarixida nomi ma’lum bo’lgan birinchi shoir. She’rlarida poymol bo’lgan adolat, Vatan taqdiri uchun azob chekuvchi olijanob qalb olami, yuksak axloqiy orzularga sadoqat aks ettirilgan (“Vatan yo’lida fido bo’lish”, “Poytaxt Inu xayolida yig’layman”; “Xo’rlangan kishining qayg’usi” marsiyadostoni va boshqalar). Tsyuy Yuan Xitoy mumtoz adabiyotidagi asosiy she’riy janrlardan biri — “chusi”ni yaratgan; uning ijodi folklor she’riyatidan so’z san’atining yuksak bosqichlariga o’tishidan dalolat beradi. Tuhmat qurboniga aylanib, quvg’unda yashagan va o’zini o’zi o’ldirgan.