Tuapse

Tuapse — RF Krasnodar o’lkasidagi shahar (1896 y.dan). Kora dengiz bo’yidagi port. T.y. stantsiyasi. Aholisi 65,8 ming kishi (1998). T. 1838 y.da Velyaminovskiy istehkomi sifatida vujudga kelgan. 1896 y.dan Tuapse nomini olgan, urush davrida (1942 y. sent.) T. havo hujumidan jiddiy shikastlandi, lekin, urushdan so’ng shahar tezda qayta tiklandi. Mashinasozlik, kemamexanika, kema ta’mirlash, neftni qayta ishlash, temirbeton buyumlar zdlari, poyabzal fkasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, tarixiyo’lkashunoslik muzeyi, dengiz Gidrometeorologiya texnikumi, ped. bilim yurti bor. Tuapse hududi — kurort zonasi (sanatoriy, pansionat, turbazalar mavjud.).