Tuf-vulqonli
Tuf-vulqonli – chaqilgan cho’kindi g’ovak tog’ jinslari bo’lib, ular sochilgan jinslari bo’lib, ular sochilgan jinslarning zichlangan parchalari va kulli material bilan tsementlashgan magmatik minerallardan tashkil topgan. Kimyoviy tarkibiga ko’ra vulqon tuflari turlicha bo’ladi va vulqon otilishidan hosil bo’lgan lava tarkibi (riolit, andezit, bazalt va shu kabilar)ga mos keladi. Vulqon tuflari pushti, to’q sariq, qizil, qo’ng’ir va boshqa ranglarda uchraydi, ular sezilarli darajadagi g’ovakligi, kam zichligi va issiqlik o’tkazuvchanligi, yetarli mustahkamligi hamda uzoqqa chidamliligi, shuningdek, yaxshi ishlov beriluvchanliugi bilan tavsiyalanadi.