TUG’LOQIYLAR, to’g’laqiylar
TUG’LOQIYLAR, to’g’laqiylar — Dehli sultonyaigini boshqargan sulola (1320-1413). Asoschisi — G’iyosiddin Tug’loq. Uning davrida (1320-25) er soligi 1/10 ga kamaytirildi, kanallar qazildi, Tug’loqobod sh. barpo etildi, Dekanga yurish uyushtirildi. Otasini o’ldirib o’g’li Muhammad Tug’loq (1325— 51) taxtga chiqadi. U layoqatli sarkarda, ammo beshafqat hukmdor bo’lib, “xuni” (“Qonxo’r”) laqabini olgandi. Sulton dehqonlarga nihoyatda og’ir bo’lgan qo’shimcha soliq solgan. Muvaffaqiyatsiz chiqqan pul islohoti o’tkazgan. Poytaxtni Dehlidan Devagiri (Davlatobodga ko’chiradi). Feruzshoh Tug’loq (1351-88) davrida og’ir soliq va bojlar bekor qilingan, yangi kanallar qazilgan, harbiy boshliklarga qo’shimcha erlar in’om qilingan. Ammo harbiy boshliqlarning ayirmachilik harakatlari barham topma – gan. Bengaliya bilan dekan saltanatdan ajralib chiqqan. T.dan eng so’nggisi Sulton Nosiriddin Mahmud (1394-1413) vafotidan keyin hokimiyat saidlar sulolasiga o’tgan (1414).