Tug’ma tabiiy metallar

Tug’ma tabiiy metallar – rudali va sochma konlarda uchraydigan tabiiy yaxlit tugma metallar (oltin, kumush, platina va boshqalar); odatda, ularning o’lchami bu metall zarralarining aksari qismini tashkil qilgan massasini o’lchamidan keskin farq qiladi. Tug’ma tabiiy metallar kam uchraydi va massasi, odatda, 1 grammdan ortiq bo’ladi. Eng yirik tugma oltin Avstraliyada topilgan: “Xolterman plitasi” — uning og’irligi kvars bilan birgalikda 285 kilogramm bo’lib, unda sof oltin massasi 83,3 kilogramm va “kutilgan notanish” — og’irligi kvars bilan birgalikda 70,9 kilogramm, sof oltin — 69,6 kilogramm. Yirik sof tug’ma platina Uraldagi dunitlarda (0,427 kilogramm) va sochmalarda (9,639 kilogramm) topilgan. Sochmalarda Tug’ma tabiiy metallarning ko’p qismi ruda hosil bo’lish jaraenida gidrotermal eritmalarda hosil bo’lgan deb hisoblanadi.