Tugmachagul

Tugmachagul (Malva L.) gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik yoki ko’p yillik o’tlar turkumi; begona o’t; G’arbiy Evropa, kichik Osiyo, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy va shim. Afrikada o’sadi. O’zbekistonda T.ning bir necha turi: befarq T. (M. neglecta Wall.), Mavritaniya T.i (M.mauritana L.), o’rmon T.i (M. silvestris L), Buxoro T.i (M. bucharica Iljin.) uchraydi. Poyasi er bag’irlab, ba’zan erdan bir oz ko’tarilib o’sadi. Shoxlangan, bo’yi 10-40 sm. Ildizi o’q ildiz. Barglari uzun bandli, 5-7 bo’lakli. Gullari 3-4 tadan barg qo’ltig’ida joylashgan. Mevasi tugmachasimon, dumaloq, mayin tuklar bilan krplangan, 14 (12-16) ta danakchali to’pmeva. Apr. dan okt.gacha gullab mevalaydi. Bir tup T. yiliga 300-500 dona urug’beradi. Tabobatda qo’llaniladi. Bargi Kavkazda ovqatga ishlatiladi.