TUKANO

TUKANO (betoyya) — indeys xalqlari guruhi (koreguaxe, kuteo, makuna va boshqalar) Kolumbiya, Braziliya, Peru va Ekvadorda yashaydi. 51 ming kishi (1990-yillar o’rtalari), jumladan, 30 ming kishi Kolumbiyada istiqomat qiladi. Tukano tillarida so’zlashadi. Dindorlarining aksariyati an’anaviy e’tiqodlarga sig’inadi, xristianlar ham bor.