TUKURINGRA
TUKURINGRA — RF Amur viloyatidagi tog’tizmasi. Yukrri Zeya tekisligi bilan AmurZeya platosi oralig’ida. Uz 230 km, o’rtacha bal. 800-1200 m, eng baland joyi 1605 m. Eni 40-70 km. Suvayirg’ich qismi yassi bo’lib, gumbaz shaklidagi cho’qqilar ko’tarilgan. 700— 800 m balandlikda tekislangan yuzalar bor. Yon bagirlari tik, uni kesib utuvchi daryolar chukur daralar hosil qilgan. Qad. muzlik relef shakllari sakdangan. Mezozoy burmalanishi davrida shakllangan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, uzoq davom etadi, yozi iliq. Yon bag’irlarida tilog’och, oq qayin, qora qarag’ay o’rmonlari, Jan. yon bag’irlarida qora qayin, Mongoliya emani ham usadi. Baland qismlarida pakana kedr changalzorlari, tog’tundrasidan iborat, ancha qismi tosh qurumlari bilan qoplangan. Sharqiy qismida Zeya qo’riqxonasi bor.