Tula

Tula — RF tula viloyatidagi shahar, viloyat markazi, qahramon shahar, upa daryosi (oka irmog’i) bo’yida. Moskvadan 193 km Jan.da. T.y. tuguni. Aholisi 519 ming kishi (1998). Shahar 4 ma’muriy tumanga bo’lingan. T. 1146 y.dan ma’lum bo’lib, Ryazan knyazligi tarkibida edi. 1503 y.dan Moskva davlati tarkibida. 16-17-a.larda rus davlatining Jan. chekkasidagi muhim mustahkamlangan istehkom. 17-a. da mahalliy temir rudasi asosida T. temirchilik sanoatining markazi bo’lib qoldi. 1712 y.da Pyotr I buyrug’i bilan T. da Rossiyada dastlabki qurol-aslaha zdi kurildi. 1777 y.dan T. Tula namestnichestvosi markazi, 1796 y.dan gubernya markazi, 19-a.da T.da qurolaslaha ishlab chiqarish. rivojlangan. T. 1929-37 y.larda Moskva viloyati tarkibida. 1941 y.ning okt,— dek. oylarida T. nemis fashistlaridan qahramonona mudofaa qilindi. 1976 y. 7 dek.da T.ga qahramon shahar faxriy unvoni berildi. T. — RFning yirik sanoat markazi. Sanoatining asosiy tarmoklari: kora metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik (kombayn zdi, mashinasozlik, konchilik va transport mashinasozligi, qurolaslaha zdlari motoroller va samovarlar ishlab chikariladigan “shtamp” zdi), kimyo (kimyo tolalari, plastmassa va b.), engil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish materiallari va musiqa asboblari ishlab chiqarish. 3 oliy o’quv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, o’lkashunoslik, badiiy, qurol-aslaha (1724 y.dan) muzeylari, tsirk, filarmoniya mavjud.