TUMAN OG’O BEGIM
TUMAN OG’O BEGIM (1366?) Amir Temurning suyukli xotinlaridan biri. Saroymulkxonimnint akasi Amir Musoning Orzumulk og’odan tug’ilgan qizi. 1378 y. da 12 yoshida Amir Temurga nikoh qilingan. T.o.b. husnda Benazir bo’lgan. Amir Temur ushbu zavjasini behad hurmat kilgan va uning sharafiga Samarqandda maxsus “bog’i behisht” ni barpo etgan. Amir Temurning bir qator yurishlarida T.o.b. Saroymulkxonim va b. malikalar qatori o’g’ruq (oboz) da yurgan. Sohibqiron vafotidan so’ng taxtni qo’lga kiritgan Xalil Sulpgon 1406 y.da Amir Shayx Nuriddin bilan bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchrab, sulhga muvofiq T.o.b. ni Amir Shayx Nuriddinga xotinlikka berishdan o’zga chora topolmaydi. 1411 y.da Amir Shayx Nuriddin Amir Shohmalik ko’rsatmasiga binoan o’ldirilgach, T.o.b. ni Hirotga jo’natishadi. T. o.b.ning Amir Temurdan farzand ko’rgan yoki ko’rmaganligi xususida manbalarda ma’lumot uchramaydi. Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1966; Fayziev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.