Tundra

Tundra (fincha tunturi – o`rmonsiz yalang qir) – Subarktika mintaqasidagi tabiat zonasi. Tundra shimolda arktika muz sahrolari zonasi bilan, janubda esa o`rmonli tundra zonasi bilan chegaradosh. Tundra iqlimi sovuq: qish qattiq bo`lib, 8-9 oy davom etadi, yoz qisqa va salqin. Iyul oyining o`rtacha harorati +10° dan oshmaydi. Vegetatsiya davri 50-100 kun. Tekisliklarda 150-350 mm, tog`larda 500 mm gacha yog`in yogadi. Qor qoplami yupqa. Yezda tuproqning 0,5-1,5 m li ustki qismigina eriydi. Tundrada botqoqliklar va ko`llar ko`p. Asosiy o`simliklari – mox, lishaynik, past bo`yli o`tlar, bo`talar va chala bo`talar. hayvonlardan shimol bug`usi, bo`ri, lemming; qushlardan oq kaklik, tundra kakligi uchraydi, suvlarda baliq ko`p. Yozda har xil qushlar uchib keladi. Aholining asosiy mashg`uloti – bug`uchilik, baliq tutish, ovchilik.