Tundra zonalari asosan
Tundra zonalari asosan, shim. yarim shardagi tabiat zonasi, Jan. yarim sharda Antarktida yaqinidagi orollarda kichikroq maydonlarda uchraydi. T.z. subarktika va Arktika mintakalarida joylashgan. Shim. yarim sharda T.z. Arktika muz saxrolari zonasi bilan Jan. da o’rmon tundrasi oralig’ida. Evrosiyo va shim. Amerikaning shim. sohili bo’ylab (eni 300-500 km) cho’zilgan. Radiasiya balansi past, kishi 8-9 oy davom etadi (yanv.ning o’rtacha trasi -40°, -50°), 60-80 sutka kugb tuni bo’lib turadi. Yozi qisqa (iyulning o’rtacha trasi 5-10°). Vegetasiya davri 50-100 kun. Yillik yog’in tekisliklarda 150— 350 mm, tog’larda 500 mm gacha. Ezda tuproqning 0,5—1,5 m qalinlikdagi ustki qismigina eriydi. Botqoqlik va ko’l ko’p. Iklimi sovuq bo’lgani uchun organik dunyosi ham kambag’al. Hayvonot dunyosi o’ziga xos: oq kaklik va tundra kakligi, shimol bug’usi, bo’ri, lemming, qutb tulkisi ko’p. Ezda juda kup suv parrandalari uchib keladi. Hasharotlari xilmaxil. Aholi bug’uchilik, baliq, muynali va dengiz hayvonlarini ovlash bilan shug’ullanadi.