Tung (Aleuites), moyli daraxt

Tung (Aleuites), moyli daraxt — sutlamadoshlar oilasiga mansub barg to’kuvchi daraxtlar turkumi. Vatani — Xitoy. Yaponiya, AQSh va Gruziyada ekiladi. Daraxti serbarg, bal. 15-20 m ga boradi. Sershox, barglari uzun bandli, navbatmanavbat joylashgan. Mevasi danaksimon, urug’i yirik, dag’al qobiq bilan qoplangan, tarkibida 60% moy bor. Urug’idan ko’payadi. Yog’ochi yumshoq, engil. Ikki turi — Ford T.i yoki Xitoy T.i (A. foraii) va yapon T.i (A. cordata) Kavkazning kora dengiz bo’yida, nam subtropik rnlarda ikdimlashtirilgan. T. 40-50 yoshida bal. 5-10 m ga boradi. 4-6 yoshidan boshlab 30-35 y. meva beradi. Molukka T.i turi danaklaridan mazali oziq-ovqat moyi olinadi. T. moyidan yuqori sifatli emallar, bo’yokdar, lok tayyorlanadi.