Tunis

Rasmiy nomi — Tunis Respublikasi. Poytaxti — Tunis. Hududi – 163,6 ming km2. Aholisi – 10,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — arab. Davlat dini — islom. Pul birligi — tunis dinori.  Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoiy Afrikada joylashgan davlat. G’arbda Jazoir (chegaraning uzunligi — 965 km), janubda Liviya (459 km) bilan chegaradosh. Shimol va sharqdan mamlakat sohillarini O‘rtayer dengizining suvlari yuvib turadi. Chegaraning umumiy uzunligi — 1424 km. Sohilining uzunligi — 1148 km. Mamlakat hududining 1/3 qismini Atlas tog’lari va mamlakat shimolidagi balandligi 1520 metrgacha bo‘lgan yassitog‘lik tashkil etadi. Markaziy qismida ayrimlari dengiz sathidan pastda joylashgan sho‘r ko‘llar (shott yoki chott) mavjud bo‘lgan tekislik va pasttekisliklar bor. Janubda Sahroi Kabirning shimoliy qismi joylashgan. Asosiy daryosi — Majarda. Tunisda neft, temir rudasi, fosforitlar, qo‘rg‘oshin konlari bor. Iqlimi — subtropik. Mamlakat shimolida agava, opunsa, yowoyi zaytun, eman o‘sadi. Janubda tikanli butalar, lishayniklar, sahro daraxtlaridan talxa va etal o‘sadi. Yirik hayvonlardan Tunisda qora qoplon, tog` qo‘yi uchraydi. Sahroda qoraxal silovsin, yowoyi mushuk, gepard, shoqol, tulki kabi yirtqichlar, kichik gekko’nlar, echkiemarlar, ilonlar (qum bo‘g‘ma iloni, efa, shoxdor qora ilon) uchraydi. Ayrim yillarda mamlakat hududi chigirtka bosqiniga duchor bo‘ladi.  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. Davlat 20 provinsiyaga bo‘lingan. 0‘z navbatida provinsiyalar 212 tumanni o‘z ichiga oladi. Tunis 1956-yil 20-martda mustaqillikka erishadi (awal Fransiya mustamlakasi bo‘lgan). 20-mart milliy bayram (Mustaqillik kuni) hisoblanadi. Qonunchiligi fransuz fuqarolik umumiy huquqiga va islom qonunlariga asoslangan. Davlat boshlig‘i — prezident. Prezident Bosh vazir va huku- matni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Deputatlar palatasi (bir palatali parlament)ga tegishli. Eng yirik siyosiy partiyalari: Demokratik konstitutsion uyushma, Yangilanish harakati, Demokratlar va sotsialistlar harakati, Xalq birligi partiyasi, Progressiv sotsialistik harakat.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Tabiiy boyliklarga boy emasligiga qaramasdan, Tunis Afrikaning taraqqiy etgan davlatlari qatoriga kiradi. Haydaladigan yerlar hududining 20% ni, o‘tloq va yaylovlar 19%ni tashkil etadi. Sanoatning eng rivojlangan tarmoqlari: tog‘-kon (fosforitlar), to’qimachilik, oziq-ovqat. Qishloq xo‘jaligi (YIM-16%) mamlakatni 80% ga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligida bug‘doy, arpa yetishtirish va zaytun moyini ishlab chiqarish muhim o‘rin egallaydi. Jadal rivojlanayotgan turizm iqtisodining asosiy tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Asosiy savdo sheriklari: YI davlatlari, Yaqin Sharq davlatlari, AQSH, Jazoir. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 2115 km, avtomobil yo‘llari — 33000 km. Portlari: Bizerta, Sus, Tunis.  Tarixi. М. a. XII asrdayoq Tunis sohillarida dastlabki Finikiya koloniyalari, eng mashhuri Karfagen vujudga keladi. Mamlakatning markaziy qismlarida esa barbar qabilalari yashagan. М. a. VI asrda Karfagen imperiyasi o‘z qudratining cho‘qqisiga ko’tariladi. M. a. 146-yilda Karfagen qadimgi Rim bilan kurashda qulaydi. Qadimgi Rim bu hududga lotin tili va Rim madaniyatini, III asrda esa xristianlikni olib kiradi. V asrda vandallar tomonidan egallanib talon-taroj qilingan hozirgi Tunis hududi 633-yilda Vizantiya imperiyasi tarkibiga kiradi. 647-yildan Tunisga arablar bostirib kiradi va o‘z hokimiyatini o’matadi. IX-XII asrlarda Tunisda abbosiylar va fotimiylarning sharqiy sulolalari hukmronlik qiladi. 1159- 1160-yillarda Abdulmo‘min Shimoliy Afrikaning g’arbiy qismidagi musulmonlami o‘ziga bo‘ysundiradi va barbarlarning almuxiylar sulolasiga asos soladi. 1574-yilda Tunis hududi turklar tomonidan egallanib, XIX asrning oxirlariga qadar Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kiradi. 1830-yilda Yevropa davlatlari bu hududga intervensiya uyushtirishadi. XIX asrning oxirida Tunis Fransiyaga qaram bo’ladi. Lekin bey rasman davlat boshlig‘i hisoblangan. 1925-yilda Dastur partiyasining tuzilishidan boshlangan ozodlik kurashi natijasida Tunis 1956-yilning mart oyida mustaqillikka erishadi. 1957-yilning 25-iyulida Habib Burg’iba beyni hokimiyatdan chetlashtirib, Tunisni respublika deb e’lon qiladi. 1958-1963-yillarda fransuz qo‘shinlari Tunis hududida xarbiy harakatlarni amalga oshirgan. XX asrning 70-yillarida neft zaxiralari hisobiga mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi jadallashdi. XXI asr bo‘sag‘asida Tunisda islom fundamentalistlariga qarshi jiddiy kurash olib borildi.