Tunisliklar

Tunisliklar, Tunis arablari — xalq, Tunisning asosiy aholisi (8,2 million kishi). Umumiy soni 8,6 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Arab tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar. Tunisliklar mamlakatning tub aholisi barbarlar bilan Tunis davlati barpo etilishi jarayonida Afrikaning shim.garbiga kirib kelgan (7-a.srdan) arablar aralashuvidan shakllangan. Frantsiya mustamlakachiligi (1881 — 1956) ga karshi milliy ozodlik harakati Tunisliklarning millat bo’lib uyushuvida va Respublika e’lon qilingach (1957), Tunisning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlanishida muhim rol o’ynadi. Tunisliklarning aksariyati dehqonchilikda band, yarim ko’chmanchi hayot tarzini saqlab qolgan cho’lda yashaydiganlari — chorvadogzlar.