Tunshapalaklar
Tunshapalaklar (Myotis) — ko’rshapalaklar kenja turkumining bir urug’i. 60 dan ortiq turi bor. Arktika, Antarktika va ba’zi orollardan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Tanasining uz. 3,5— 8 sm, yungi qo’ng’irjigarrangda. Qulog’i uzun va uchli. Tunda faol. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Ko’pchiligi g’orlarda, ba’zilari kovaklar va koya yorikdarida yashaydi. O’zbekistonda 5 turi, jumladan, o’tkir quloqli T. Toshkent atrofida, Nurota tog’ oldi hududlari, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiysida; uzun barmoqli T. Amudaryoning quyi oqimi va Nukus sh. atrofida; mo’ylovli T. Fargona vodiysi, Toshkent va Samarkand viloyatlarida; uzun dumli T. Samarkand sh. atrofida; 3 xil rangli T. Chirchiq va Surxondaryo vodiysidagi g’orlarda koloniya bo’lib yashaydi.