Tupolev Andrey Nikolaevich

Tupolev Andrey Nikolaevich (1888.29.10, Kalinin viloyati — 1972.23.13, Moskva) — rus aviakonstruktori, akad. (1953), generalpolkovnikmuxandis (1968), 3 marta mehnat Qahramoni (1945, 1957, 1972), Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1918). N. E. Jukovskiy bilan birga Aerodinamika intini tashkil kilgan (1918), shu int tarkibida samolyotlar, torpeda katerlari va aerochanalar yaratish bilan shug’ullanuvchi tajriba konstruktorlik byurosini tuzgan (1922) va uni boshkargan. T. rahbarligida 100 dan ortiq tipdagi harbiy va fuqarolar samolyotlari, shu jumladan, ANT25, TU104 samolyotlari (birinchi reaktiv fuqaro samolyoti), TU114, TU144 (tovushdan tezuchar fuqarolar samolyoti) yaratilgan. T. samolyotsozlikka duralyuminiyni tatbiq qilish ishlariga rahbarlik qilgan (1922-24). T. samolyotlarida 78 jahon rekordi o’rnatilgan, 28 noyob uchib o’tishlar (shu jumladan, ANT4 samolyotida “Chelyuskin” paroxodi ekipajini qutqarish, ANT25 samolyotida V. P. Chkalov va M. M. Gromovning Shim. qutb orqali AQSh ga qo’nmay uchishi) bajarilgan.