TUPROQ GEOGRAFIYASI

TUPROQ GEOGRAFIYASI – tuproqshunoslik fanining bo’limi; tuproqlarning er yuzida tarqalish qonuniyatlarini tuproqgeografik rnlashtirish maqsadida o’rganadi. Aniqlangan qonuniyatlar asosida har xil tuproq tiplari, turlicha tabiiy va samarali unumdorlikka ega bo’lgan erlar miqdoriy inventarizasiya qilinadi (q. Tuproq bonishirovkasi). Umumiy va maxsus (mintaqaviy) T.g.ga bo’linadi. Umumiy T.g. tuproq paydo bo’lish omillarini o’rganadi, ularning turli tiplariga ta’rif beradi va geografik joylanishining umumiy hamda xususiy qonuniyatlarini aniklaydi. Maxsus T. g. esa tuproq rnlashtirish masalalarini o’rganadi va ma’lum hududdagi tuproqlarni ta’riflash hamda xaritalarini tuzish bilan shug’ullanadi. T.g. tuproqlarning geografik joylanishini asosiy tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bog’liklikda qiyosiygeografik usulda o’rganadi. T.g. ma’lumotlari tuproq xaritasini tuzishda nazariy asos bo’lib, qishloq xo’jaligi.da asosiy ishlab chiqarish. vositasi bo’lgan erdan unumli foydalanishda katta ahamiyatga ega.