Tuproq xaritasi
Tuproq xaritasi – muayyan hudud tuprok katlamining ma’lum masshtabda kichraytirilgan tasviri. T.x. bir necha xil bo’ladi. Umumiy T.x.da tuprok genetik guruxdarining geografik tarqalishi tasvirlanadi; tuprok meliorasiyasi xaritalarida ko’shimcha ravishda tuprokning meliorativ, ya’ni filtrlash va b. xususiyatlari ham ko’rsatiladi; tuprok eroziyasi xaritalarida tuproqning eroziyaga uchraganlik darajasi, eroziya xavfi bor maydonlar va h.k. tasvirlanadi; tuproq agrokimyosi xaritalari o’simlik ozuka moddalari hamda mikroelementlar mikdorini va o’simlikning rivojlanishi uchun boshka zarur sharoitlarni aks ettiradi. T.x. tuprokdarning er yuzasida tarkalishini (tiplari va kelib chiqish belgilariga qarab ajratilgan boshqa taksonomik birliklarni), ularning o’ziga xosligi va, tuprok qosil bo’lish sharoitiga bog’liq holdagi xususiyatlarini ko’rsatadi; shuningdek, asosiy agrar ishlab chiqarish. xususiyatlari (granulometrik tarkibi, sho’rlanganligi, sho’rtobligi, eroziyaga uchraganlik darajasi va b.) haqida ma’lumot beradi. Vazifasiga muvofikt.x. harxi.i masshtabli bo’lishi mumkin.