Tuproq zonasi
Tuproq zonasi – zonal va unga yondosh intrazonal tuproqlar egallagan hudud. Tuproq tiplari shim.dan janubga, shuningdek, tekislikdan balandlik (tog’lik)ka ko’tarilish bilan astasekin o’zgarib boradi va har qaysi joyda o’ziga xos tipdagi T.z.ni hosil qiladi. T.z. tushunchasi tuproq tiplari, tuproqiklim va qishloq xo’jaligi. ekinlarini hududda rnlashtirishda qat’iy birlik sifatida qo’llaniladi. Er yuzida T. z.lari ma’lum tabiiy qonun asosida tarqalgan. Har bir T.z. muayyan bir geografik zonada uchraydi. Tuproqning bu xilda joylashganligini dastlab V.V. Dokuchaev va N.M.Simbirsev aniklagan. Tuproq gorizontal va vertikal zonallik qonunlari asosida hosil bo’lgan, lekin tuproq tiplarining zonallik qonuni asosida tarqalishi mahalliy sharoitlar — tog’lar, gidrogeologik va geologik xususiyatlarga ko’ra, qisman o’zgarishi mumkin. T.z. juda kattaligi va bir zonaning turli qismlarida bioiklim sharoiti turlicha bo’lganidan har bir zonada tuproq qoplami bir xil emas. Tuproqning intrazonal qonun asosida tarqalishi mahalliy sharoitga xos turli tabiiy omillar ta’siriga bogliq. Mas., sur tuproq zonasidagi gidrogeologik omillar ta’sirida paydo bo’lgan o’tloqi, sho’rxok va botqoqi tuproklar intrazonal tuproqlardir. Er yuzida Shimoliy yarim sharda (shim.dan Jan. ga) quyidagi gorizontal tuproq zonalari uchraydi: tundra tuproklari; podzol tuproqlar; o’rmondasht tuproklari; qora tuproklar; kashtan tuproklar; cho’l tuproklar; sur tuproklar; qizil tuproklar. Har qaysi zonada intrazonal tuproklar ham bor.