TURAR JOY DAXLSIZLIGI

TURAR JOY DAXLSIZLIGI – fuqarolarning konstitusiey shaxsiy huquq va erkinliklaridan biri. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi fuqarolarning turar joyi daxlsizligini kafolatlaydi (27modda). Bunga ko’ra, hech kim qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, birovning turar joyiga kirishi, tintuv o’tkazishi yokya uni ko’zdan kechirishi mumkin emas. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi JK ning 142moddasiga asosan, turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zo’rlik ishlatib bostirib kirish 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoki 5 y. gacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko’rsatilgan. T. j.D. deganda xususiy mulk bo’lgan uylar, kvartiralar olib qo’yilishi, mulkdor esa uyga, kvartiraga mulk huquqidan mahrum etilishi mumkin emasligi ham tushuniladi. Ammo bir qator hollarda T. j.D. ga bo’lgan huquq istisno etiladi. Jumladan, garov munosabatlarida undiruv garovga qo’yilgan molmulkka qaratilganda, nasionalizasiya, rekvizisiya, musodara qilinganda T.j.D. chetlab o’tiladi. Mirodil Baratov.