TURBOREAKTIV DVIGATEL
TURBOREAKTIV DVIGATEL – tortish kuchi reaktiv soplodan chikayotgan gaz oqimi xisobiga hosil bo’ladigan aviasiya gazturbinali dvigateli. Tovush tezligidan yuqori tezlikda uchadigan samolyotlarda marsh dvigateli yoki tikka ko’tarilibqo’nadigan samolyotlarda ko’tarish dvigateli sifatida ishlatiladi. Uchish paytida unga kiradigan ATM. havosi havo olish mexanizmida, keyin turbokompressorda siqiladi. Siqilgan havo yonish kamerasiga uzatiladi, bu erga ayni paytda suyuq kimyoviy yonilg’i (aviasiya kerosini) purkaladi. Yonilg’i alangalanganda hosil bo’ladigan gazlar qisman turbinada kengayib, kompressorni aylantiradi. Turbina va reaktiv soplo o’rtasiga joylashtirilgan Forsaj (tezlatish)kamerasida qo’shimcha yonilg’i yondirib, tortish kuchini ancha (30— 40%) oshirish mumkin. T.D.dan havokosmik samolyotlarning birinchi bosqichida ham foydalanish mumkin (q. Aviasiya dvigateli).