TURBOVINTLI DVIGATEL

TURBOVINTLI DVIGATEL – asosiy tortish kuchini havo vinti, qo’shimcha (8-12% gacha) tortish kuchini reaktiv soplodan chiqadigan gaz oqimi hosil qiladigan aviasiya dvigateli. Tovush tezligidan sekin uchadigan samolyotlar va vertolyotlarda ishlatiladi. Uchish paytida unga kiradigan ATM. havosi oldin havo olish mexanizmida, keyin turbokompressor da siqiladi va yonish kamerasiga o’tadi. Bu erga suyuq kimyoviy yonilg’i (odatda, aviasiya kerosini) purkaladi.Yonilg’i yonganda hosil bo’ladigan gazlar turbinada kengayib, compressor va havo vintini aylantiradi. Gazlarning uzilkesil kengayishi reaktiv soploda yuz beradi. Turbokompressor rotori va havo vintining aylanish tezligini bir-biriga moslash uchun reduktordan foydalaniladi.