Turfon sultonligi, Turfon davlati

Turfon sultonligi, Turfon davlati — markazi Turfon sh. bo’lgan davlat nomi. Turfon Buyuk ipak yo’lisa muhim o’rin tutgan joy bo’lganligi sababli, bu zaminda 2 ta davlat mavjud bo’lgan. Ulardan dastlabkisi Turfonda topilgan tosh bitiklarda Qo’cho’ (Kuju), Xitoy manbalarida Gaochan davlati deb nomlangan. Mazkur davlatning tashkil topgan vaqti 460 y.ga, yo’q qilingan vaqti 9-a.ning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu davlatda Budda dini yuksak darajada rivojlangan. Shu sababli g’arbga safar qilgan Xitoy rohiblari bu zaminni ziyorat qilmay o’tmagan. Qo’cho’davlati Xitoyga yaqin bo’lganligi sababli doim ushbu mamlakatning tavdidi ostida turgan. Xitoy imperatorlari esa Turfonni o’z nazorati ostiga olishga harakat qilgan. Turk xoqonligi davrida Qo’cho’turklarga tobe bo’lgan. Qo’cho’davlatining poytaxti hoz. Turfon sh.ning Sharqiy tomonida va 40 km narida joylashgan Qoraqo’cho’ bo’lgan. Hoz. kunda uning faqat xarobalarigina saqlanib qolgan. Ikkinchi Turfon davlati 9-a.ning o’rtasida tashkil topgan bo’lib, uning nomi tarixda Turfon idiqutligi deb ham ataladi. Mazkur davlat Xitoy manbalarida Gaochan xueguguo, Shichjou (Sichjou) xueygu Guo deb nomlangan. Bu Turfon yoki G’arbiy o’lka uyg’ur davlati ma’nosini anglatadi. Ushbu davlat hududiga hoz. SintszyanUyg’ur Muxtor rnining Ko’char, Qorashar, Jimusa, Urumchi, Kumul (xami) viloyatlari kirgan. Turfon sh. yuksak madaniyat va xalqaro savdo markazlaridan biriga aylangan. Ushbu davlat Qoraxoniylar xoqonligi tashkil topganidan so’ng uning hududiga qo’shib olingan.