Turfon, Tulufon
Turfon, Tulufon — Xitoyning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar, Sintszyan-Uyg’ur Muxtor rayonida, Turfon soyligining shimoliy chekkasida joylashgan. Aholisi 200 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Neftni qayta ishlash va oziq-ovqat, tsement, sanoati korxonalari bor. Miloddan avvalgi 2-asrda Turfon hunlarga tobe bo’lgan, 6-asr oxiridan Turk xoqonligi. Tarkibida, keyinchalik Uyg’ur xonligi poytaxti. 1209 yilda mo’g’ullar egallagan. Mo’g’uliston xoni Vaysxon davrida (1418-25) Turfon iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuksalgan. 15-17-asrlarda Chig’atoy xonlari qarorgohi bo’lgan. 1758 yilda xitoylar bosib olgan va Turfon aholisining ko’pchiligi uch shahri (Uchturfon)ga ko’chirilgan.