TURG’AR

TURG’AR — Sug’d (Samarkand) hukmdori (738-750). G’uraknnnt o’g’li. Uning ismi o’zi zarb qildirgan tangalarda twry’r (“Turg’ar”), Xitoy yilnomalarida Duge (Touho), Arab manbalarida Turxar yoki Yazid shakllarida qayd etiladi. Shuningdek, u Arab manbalarida “almuxtor” (“tanlangan”) laqabi bilan ham zikr etiladi. T. otasi o’rniga arablarga vassal sifatida 738 y.da Samarkand taxtiga o’tirgan va musulmoncha Yazid ismini olgan. Bu paytgacha u Ishtixon hokimi bo’lgan, jumladan, Tanshu nomli Xitoy yilnomasida Kan (Sug’d) hukmdori Ulega (G’urak)ning 731 y. Duge ismli o’g’lini Tsao (Ishtixon) sh.ga, Mochjo ismli 2o’g’lini Mi (Maymurg’) sh.ga hokim etib tayinlanganligi va uning otasining o’limidan so’ng Samarqand hukmdori bo’lganligi qayd etiladi. T. ning yoshlik yillari Arab bosqinlari va ularga qarshi otasi G’urakning olib borgan kurashlari davriga to’g’ri kelgan. U arablarning vassali sifatida Sug’d ixshidi bo’lib turgan davrda ham arablarga qarshi zimdan kurash olib borgan. Xususan, uning 740, 750 y.larda Xitoyga elchilar yuborganligi ma’lum. T. ning avlodlari hadisshunos olimlar bo’lib, AtTurkiy anNasafiy nisbasi bilan ijod qilishgan. Jumladan, ular orasida Abu Axmad Tolib ibn Ali ibn alhasan ibn Turxar ashshirakasiy anNasafiy (vafoti 900 y.) va 10—11alarda yashagan Abu Ishoq Ibroxim ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Abdulloh Muhammad ibn Amr ibn Solih ibn Turxar anNasafiy atturxariy kabi nasaflik hadisshunoslar uchraydi.