Turgor

Turgor (lot. turgere — bo’rtmoq, to’lmoq) — hujayra qobig’ining taranglik holati. T. xujayra ichidagi suyuklik va tashqi eritmaning osmotic bosimi qamda hujayra qobig’ining elastikligi tufayli ro’y beradi. Odatda, hayvonlar hujayrasi qobig’ining tarangligi uncha yuqori bo’lmaganidan (ba’zi bo’shliqichlilar bundan mustasno) T. holati kuchli emas; ularning bir butunligini faqat izotonii eritmalar saqlaydi. Tirik o’simlik hujayralarida esa ichki hujayra shirasining osmotic bosimi tashqi eritma osmotik bosimidan har doim katta, lekin hujayra devori tsellyulozadan iborat bo’lganligi uchun hujayra qobig’i yorilib ketmaydi. T. tufayli o’simlik to’qimalari tarang va mustahkam bo’ladi. Avtoliz jarayoni, o’simlikning so’lishi va qarishi T. pasayishi oqibatida ro’y beradi.