“TURK ELI”
“TURK ELI” — 1917 yil sentabrdan “Turkiston musulmon Markaziyat sho’rosi” va “Turk Adam Markaziyat firkasi”ning nashr organi sifatida chiqa boshlagan gazeta. “Turk eli” ning asosiy maqsadi Turkiston muxtoriyatini muhofaza qilishdan iborat bo’lgan. Gazetada Muhammad Amin Afandizoda, Shokirjon Rahimiy, Burhon Habib, Rafiq Mo’miniy va boshqaning maqolalari, shuningdek, ziyolilarning faoliyatlariga oid ma’lumotlar berib borilgan. Siyosiy tuzum o’zgarishi bilan gazeta faoliyati tez orada to’xtatilgan.