Turkash xoqonligi

Turkash xoqonligi – ilk o’rta asr turkiy davlatlaridan biri (699— 766). 7-a.ning oxirida G’arbiy Tyanshanda ko’chib yurgan Turkash qabilalarining boshlig’i Uchelig (699-706), Ettisuvdagi tan imperiyasi gumashtasi Xusrav Burishodni quvib chiqardi va Chochdan Jung’oriyagacha o’z hokimiyatini o’rnatdi. Natijada yangi turkiy davlat tashkil topdi. Uchelig 2 qarorgohga asos soldi. Biri Navokat sh. Chu daryosi bo’yida, ikkinchisi Kungut sh. Ili daryosi bo’yida joylashgan edi. Davlat 20 tuman — tutuqlnkdan iborat edi. Har birini hokim — tutuq boshqarardi. Uchelig g’arbiy turklar hukmdorlarining sobiq “o’n o’q eli xoqoni” unvonini qabul qildi. Shu bilan birga u “Turkash xoqon” unvonini ham joriy etdi. Turkash xoqonlari o’z tangalarini zarb qilganlar. 711-715 y.larda T.x. Sharqiy Turk xoqrnligiga qaram bo’lib turdi. 715 y. Suluk Chobishchurxoqon (715-737) davlat mustaqilligini qaytadan tikladi. U asosan, bosqinchi Arab qo’shinlari bilan urushlar olib borishga majbur bo’lgan. Uning vafotidan keyin (737) T.x.da “sariq” va “qora” Turkash qabilalari o’rtasida o’zaro urushlar boshlanib ketgan va 766 y. davlat qarluqlar tomonidan tugatilgan. Ad.: Gumilyov L. N., Drevnie tyurki, M., 1967; Istoriya Vostoka, T., 1995.