Turkashlar, Turgash, turgesh

Turkashlar, Turgash, turgesh — ilk o’rta asr turkiy xalklaridan biri. Qozog’istonlik tarixchi yu.A.Zuevning fikricha, T.ning qad. ajdodlaridan birini yuechji qabilalari tashkil qilgan. T. to’g’risida ilk ma’lumotlar 7-a.ning 2choragidan uchraydi. Ular, asosan, Ettisuvda yashagan. Bu davrda T. G’arbiy Turk xoqonligi hududida yashagan dulu qabilaviy Ittifoqiga kirgan. 7-a. ning oxirida T. o’z davlati — Turkash xoqonligini barpo etdi. T. 2 katta guruh — qora va sariqlarga bo’lingan. Ular o’rtasida vaqtvaqti bilan o’zaro kelishmovchiliklar bo’lib turgan. Gardiziytlng ma’lumotiga qaraganda, T. 2 urug’: tuxsi va Azlarga bo’lingan. 766 y. qarluqlar kuchayib Turkash xoqonligini tugatdilar va T.ning asosiy qismini o’zlariga bo’ysundirdilar. T.ning qolgan qismi uyg’urlarga qaram bo’ldi. L.N.Gumilyovning fikricha, bu voqeadan so’ng T. xalq sifatida tugatildi. Ularning bir qismi qarluq nomini qabul qildi, qolgani esa uyg’urlar tarkibiga singib ketdi. Ammo, shuni ta’kidlab o’tish kerakki, T.ning nomi 9-a.da ham manbalarda uchraydi. Az va tuxsi urug’larining nomi esa keyingi asrlarda ham manbalarda tilga olingan. Ad.: Zuev Yu.A., Rannie tyurki: ocherki istorii i ideologii, Almati, 2002. Azim Malikov.