Turkiston

Turkiston — Qozog’iston Respublikasi Jan. Qozog’iston viloyatidagi shahar. Sirdaryoning o’rta oqimida. T. y. stantsiyami. Aholisi 95,5 ming kishi (2004). T. qad, shahar. Muhim hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri. Arab geograflari asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, 4-10-a. larda T. o’rnida Shavgar (Shovajar) sh. mavjud bo’lgan. 12-16-a.larda esa yassi deb atalgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”sida T. qishloq (qar’yat) tarzida berilgan. “T.”nomi 16-a.dan ma’lum. O’sha davrda shahar Hazrati Turkiston nomi bilan ham mashhur bo’lgan. Amir Umarxon davrida T. Qo’qon xonligi tarkibiga kirgan. 1864 y.da Rossiya bosib olgan (Chimkent uezdidagi shahar, 1867 y.dan Sirdaryo viloyatidagi shahar). T. da temirchilikpresslash jihozlari, “Sana”, “Texosnastka” sanoat korxonalari, paxta tozalash, qurilish materiallari, chorva mollariga beriladigan antibiotika zdlari bor. 4 unt, 72 umu – miy ta’lim maktabi va kollejlar faoliyat ko’rsatadi. Shaxarda Amir Temur qurdirgan Yassaviy maqbarasi majmuasi (14-a. oxiri) saklanib qolgan. 2000 y. okt. da T.ning 1500 yillik yubileyi nishonlandi.