TURKISTON MUXTORIYATI

TURKISTON MUXTORIYATI – Turkiston mintakasidagi dastlabki demokratik hukumat (1917 y. 27 noyab. — 1918 y. 19 Fev.). Qo’qonda bo’lib o’tgan butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4qurultoyi (1917 y. 26-28 noyab.)da tashkil topgan. Qurultoy Turkiston o’lkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan Muxtor deb e’lon qildi. Shuningdek, Ta’sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy [millat] Majlisi qo’lida bo’lishi kerak deb hisobladi. Markazi—Qo’qon sh. Kurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a’zolaridan T.m. hukumati (8 kishidan iborat) tuzildi. Evropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko’rsatilishi uchun ularga ham yana 4 o’rin ajratildi. Hukumat tarkibiga Muhammadjon Tinishboev (Bosh vazir va ichki ishlar vaziri), Islom Sulton o’g’li Shoahmedov (Bosh vazir o’rinbosari), Mustafo Cho’qay (tashqi ishlar vaziri), Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev (harbiy vazir), Hidoyatbek Yurg’uli Agaev(er va suv boyliklari vaziri), Obidjon Maxmudov (oziq-ovqat vaziri), Abdurahmon O’razaev (ichki ishlar vazirining o’rinbosari), S.A.Gersfeld (moliya vaziri) kiritildi. Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim o’zgarishlar yuz berdi. M. Tinishboev Apash O’rda Muxtoriyati faoliyatida qatnashish uchun Orenburgga jo’nab ketgach (1917 y. dek.), Mustafo Cho’qay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. I. Shoahmedov moliya vaziri (S. Gersfeld o’rniga), Potelyaxov oziqovqat vaziri (o. Mahmudov o’rniga), o. Mahmudov Adliya vaziri, Nosirxon To’ra maorif vaziri, Saidnosir Mirjalilov hukumat xazinachisi lavozimlarini egallashdi. Savodsiz bolshevik komissarlardan farkli ravishda hukumat a’zolari chuqur ma’lumotli taraqqiyparvar ziyolilar bo’lib, ulardan 5 nafari huquqshunos edi. Turkiston millat Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18 evropalik) a’zodan iborat bo’lishi kerakligi belgilandi. Qurultoy jarayonida 32 kishidan iborat Millat Majlisi saylandi. Turkiston millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar tez orada e’lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitusiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. 1917 y. 26 dekabrda T.m.ning Milliy bayrog’i qabul qilindi. “El bayrog’i”, “birlik tug’i”, “Svobodno’y Turkestan”, “Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana” kabi hukumat gaz.lari o’zbek, qozoq, rus tillarida nashr qilina boshlandi. Avval chikayotgan “ulug’Turkiston” va “Hurriyat” gaz.lari ham o’z sahifalarida muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o’rin ajrata boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun o. Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o’tdi. T.m. milliy qo’shinni tashkil qilishga kirishdi. 1918 y. boshida ularning soni 2000 askarga etdi. Bundan tashqari Qo’qonda taxm. shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 mln. so’m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo’lga qo’ydi. Shuningdek, hukumat a’zolari ochlik changalida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g’alla keltirish muammosini hal qilish uchun amaliy qadamlar tashlagan. T. m. hukumati qisqa muddat ichida xalq o’rtasida katta e’tibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub erli xalqlar tomonidan qizg’in qo’llabquvvatlandi. O’lka bolsheviklari T.m. hukumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston o’lkasi ishchi, soldat va krestyan deputatlarining favqulodda 4s’ezdi (Toshkent sh.; 1918 y. 19-26 yanv.)da muxtoriyatga munosabat masalasi asosiy o’rinda turdi. S’ezd T.m.hukumati va uning a’zolarini qonundan tashqari holda deb hisoblab, hatto vazirlarni qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. 1918 y. 30 yanv.da Turkiston o’lkasi XKS T.m.ni tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Toshkentdagi bolsheviklar buning uchun qizil gvardiyachilar otryadlari va arman dashnoklari drujinalari (q. “Dashnaktsutyun”)&GM keng foydalandi. Milliy matbuotning yozishicha, 31 yanv. (yangi hisob bilan 13 Fev.)da janglar boshlandi. Turkiston o’lkasi XKS 1918 y. 14 fevralda (yangi hisob bilan) Farg’ona viloyatida harbiy holat e’lon qildi. Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qo’shinidan tashqari qo’qonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, cho’kich, tayoq ko’targan xaloyiqning soni 10.000 kishiga etdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qo’qon sh.ga qilgan hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shu orada muxtoriyatchilar safida parokandalik yuz berdi (18 Fev.da ulamolarning tazyiqi bilan Mustafo Cho’qay iste’foga chikdi va ba’zi Vazirlar singari Qo’qonni tark etdi. Ayrim Vazirlar (H.Agaev va b.) jangda halok bo’ldi. Hukumatning boshqa a’zolari (o.Mahmudov, Nosirxon to’ra, S.Gersfeld, U.Asadullaxo’jaev, I.Shoahmedov) esa keyinchalik bolsheviklar tomonidan qo’lga olindi. Qo’qon sh. qo’rboshi mirshablari boshlig’i kichik Ergash 18 Fev.dan boshlab amalda T.m. hukumatining rahbariga aylandi. 19 Fev.ga o’tar kechasi Toshkentdan Turkiston o’lkasi harbiy komissari E. Perfilev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon qo’shin etib keldi. 19 Fev. dan boshlab 3 kun davomida qizil askarlar shahar ustiga to’plardan yondiruvchi snaryadlar yog’dirishdi. Shahar butunlay vayron bo’ddi va o’tolov ichida qoldi. Qo’qonning o’zida 3 kun davomida 10 mingdan ziyod kishi o’dtsiriddi. Muxtoriyat qo’shinining tirik qolgan qismi kichik Ergash boshchiligida (200-300 yigit) Qo’qon yaqinidagi Bachqir qishlog’iga chekindi va mudofaa istehkomlarini qurib, dushman hujumini qaytardi. Qizil gvardiyachilar Qo’qon va uning atroflaridagi tinch aholini talash va o’ldirishni avj oldirishdi. Sovet rejimi T.m. hukumatini 19 Fev.da kurol kuchi bilan ag’darib tashladi. 1918 y. 22 Fev.da Qo’qon sh.dagi RusOsiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan “tinchlik shartnomasi” imzolandi. T. m. hukumati atigi 72 kun umr ko’rgan bo’lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiklol uchun kurashga da’vat etdi. Bu hukumatning ag’darilishi turkistonliklar tomonidan sovet Rossiyasining Turkistonga nisbatan tajovuzkor rejalari mavjudligining yana bir dalili sifatida qabul qilindi. Turkistonliklar tinch yo’l (parlament) bilan milliy davlatchilikni qayta tiklash mumkin emasligini tushunib, 1918 y. Fev. oyining oxirida qo’llariga qurol olgan holatda Turkistonda sovet rejimi va bolsheviklarga qarshi qurolli harakatni boshlab yubordilar. Sovet tuzumi davrida T.m.ning mohiyati soxtalashtirilib, u tor ma’nodagi Qo’qon muxtoriyati bilan almashtirildi. Ad.:A’zamxo’jaev S, Turkiston muxtoriyati, T., 2000; Rajabov K,. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Alimova D., Golovanov A., O’zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiqoqibatlari, T., 2000; O’zbekistonning yangi tarixi, 2kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Ocherki po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana,T., 2001. Saidakbar A’zamxo’jaev, Qahramon Rajabov.