Turkmanobod

Turkmanobod (1924 y. gacha va 1927-93 y.larda Chorjo’y, 1924-27 y.larda Leninsk) — Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Amudaryoning chap sohilida. Yirik t.y. tuguni va dare porti, aeroport bor. Aholisi 203 ming kishi (1999). Shahar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar Arab tarixchisi Balozuriyning (9-a.) asarida keltirilgan. Shaharning dastlabki nomi Amuy bo’lib, keyinroq Arab tili ta’sirida Amul shaklini olgan. Arablar Amulga ilk bor 651 va 655 y.larda (Marvni bosib olganlaridan keyin) hujum qildilar. Bu to’g’ridagi ma’lumotlar Xitoy manbalarida keltirilgan. 672 y.da Amul aholisi va arablarning Xurosondagi noibi Abdulloh ibn ziyod askarlari o’rtasida jang bo’lib o’tgan. Shundan keyin u sulh tuzib Marvga qaytib ketgan. 8-a. boshida shaharni Arab noibi (“amil”) boshqargan. O’rta asr Amul sh. xarobalari Chorjo’y t.y. stantsiyasidan 9 km shim.sharkda joylashgan. 1-a.da vujudga kelgan shaxar 150 ga maydonni egallab, Ark (0,5 ga), Shahriston (9 ga) va tashqi shahardan iborat bo’lgan. Ark shahristondan 33 m balandlikdagi tepalikda joylashgan. Shahriston Kushon davri shahrining o’zagi bo’lib, shahar katta rabod bilan o’ralgan. Kushon davrida rabod 50 gektar maydonni egallagan. 10-a.da Amul kichkina bo’lsada, aqolisi zich joylashgan. Shaharning jome masjidi baland erda o’rnashgan, bozorlarining usti yopiq bo’lgan. Shahar 1221 y.da mo’g’ullar tomonidan vayron qilingan. Mo’g’ullar istilosidan keyingi manbalarda u qishloq sifatidatilgaolinadi. 15-a.dan avvalgi “Amul” nomi bilan birga shaharning yangi “Chorjo’y” nomi ham iste’molga kira boshlaydi va astasekin bu nom eskisini siqib chiqaradi. X,ozirgi T. 19asrning 80 y.larida eski shahar (Chorjo’y) yaqinida ruslar qal’asi sifatida vujudga kelgan. Ma’muriy jihatdan Buxoro amirligiga qaragan. 1886 y.dan shahar (yangi Chorjo’y) O’rta Osiyoning savdo va transport markazlaridan (Chorjo’y orqali 1888 y.da O’rta Osiyo t.y. o’tgan) biri bo’lib qoldi. 1924 y.dan Turkmaniston SSR tarkibida. 1937 y.dan Chorjo’y deb ataldi. Chorjo’y 1939-63 va 1970 y.dan Chorjo’y viloyati markazi. 1993 y.dan Lebap viloyati markazi. Shaharda neftni qayta ishlash, metallsozlik sanoati korxonalari, ipak, go’sht ktlari, jun, yigiruvto’quv, tikuvchilik, poyabzal, mebel fkalari, Qorako’l, paxta tozalash, sut, vino, qurilish materiallari, superfosfat, ta’mirlash zdlari ishlab turibdi. Ped. instituta, bir kancha o’rta maxsus bilim yurtlari, teatr, tarixo’lkashunoslik muzeyi, Turkmaniston tajriba ipakchilik styasi, meliorativ stya bor.