Turkon xotun

Turkon xotun (asli Terkan “oliy nasabli”, “zodagon oilaga xos”, “xotun” — Malika) (? — 1232/33. 18/6.10) — Anushtegin asos solgan Xorazmshoxlar sulolasining so’nggi hukmdori Alouddin Muhammad Xorazmshoh (1200-20) ning onasi. Juvayniytj ta’kidlashicha, T. x. qang’li urug’idan bo’lgan qipchoq xoni Aqranning qizi edi. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, Sulton Muhammad hukmronligi davrida T.x. saltanat ishlarida etakchi mavqeni egallagan, uning farmoyishlari va maslahatlari o’g’li tomonidan so’zsiz bajarilgan. T.x.ning rahnamoligida saroy ahli, zodagonlar bir necha guruhga bo’linib, o’zaro adovat qilganlar. Kipchoqlardan tashkil etilgan oliy martabali sarkardalar T.x. bilan yaqin bo’lib, aksariyat saroyda sultonga qarshi bo’lib turgan bironbir guruhga boshchilik qilganlar. Saltanat ishlari deyarli T.x. tomonidan boshqarilgan. Ko’p hollarda Muhammad Xorazmshox. tarafidan e’lon qilingan hukm va farmoyishlar T.x. tomonidan hech qanday asossiz, kengashsiz bekor qilinar edi. Juvayniyning yozishicha, Gurganch (Urganch) T.x.ning xos poytaxti hisoblangan, uning xos saroyi va iktosi mavjud bo’lgan. T.x. nafaqat Sulton, balki moliyaviy ishlar, arkoni davlat va saroy amaldorlari ustidan ham hukmronlik kilgan. Ibn ayaasirning qayd etishicha, T.x. 1220 y. Ilol qal’asida mo’g’ullarga asir tushadi va xizmatkorlari bilan birgalikda Toliqonda turgan Chingizxon huzuriga etkaziladi. Asirlar safida bo’lgan vazir Malik Nosiruddin Hazoraspiy qattiq qiynoklarga solinadi va sultonning farzandlari qatori qatl etiladi. Mo’g’uliston tomon otlangan Chingizxon bir necha kun Samarqandda to’xtashga qaror qiladi hamda T.x. va sultonning omon qolgan xotinlariga Xorazmshoxlar saltanati uchun aza ochish, ya’ni mo’g’ul askarlari oldiga chiqib baland ovoz bilan yig’lashni buyuradi. Chingizxon ko’rsatmasiga binoan, Qoraqurumga keltirilgan T.x. qashshoqlikda umr kechiradi va shu erda vafot etadi. Ad.: Shixab addin Muhammadan — Nasavi, Jizneopisanie Sultana Djalal ad-Dina Mankburni, Baku, 1973; Mirzo Ulug’bek, to’rt ulus tarixi, T., 1994. Hamidulla Dadaboev.