TURKUMLASHUV

TURKUMLASHUV — turli narsalar, hodisalar, holatlar o’rtasidagi umumiy va farqli tomonlarni topish, ideal, umumlashtiruvchi model asosida ularni guruhlash. Turkumlashuv natijasida ijtimoiy hodisalarning muayyan ideal tiplari aniqlanadi. Turkumlashuvning empirik va nazariy turlari farqlanadi: empirik Turkumlashuvda faqat tajriba asosida olingan ma‘lumotlar asosida barqaror belgi va sifatlar umumlashtiriladi va sistemalashadi. Nazariy Turkumlashuvda kontseptual model yaratiladi va unda ob‘yekt o’ziga xos tarkibiy darajalar va omillardan iborat tizim sifatida o’rganiladi.