“Turon”

“Turon” — Buxoro jadidlari tomonidan chiqarilgan gazeta. Yangi Buxoro (hoz. Kogon) sh.da 1912 y. 14 iyuldan 1913 y. 2 yanv.gacha o’zbek tilida dastlab haftasiga 2 marta, so’ngra 3 marta nashr qilingan. Jami 49 soni chop etilgan. “Buxoroyi tarif” gaz. bilan birgalikda, Rossiya imperatorligining Buxorodagi siyosiy agentligi tomonidan taqikdangan. Gaz. sahifalarida Buxoro amirligidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot tasvirlangan, amirlikda islohot o’tkazish zaruriyati ta’kidlangan. Sadriddin Ayniynchng yozishicha, “T.”fakat Buxoro mamlakatida emas, butun Turkistonda Shuhrat qozongan. Gaz.ni moddiy jihatdan yirik savdogar Muhiddin Mansurov va ma’rifatparvar Siroj Hakim qo’llabquvvatlab turgan. Gaz.ni g’oyaviy jihatdan “Tarbiyai atfol” jamiyati boshqargan. “T.”ga buxorolik G’iyos Maxsum Husayniy muharrirlik qilgan. Ad.: Sadriddin Ayniy, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Xo’jaev F., Buxoro inqilobining tarixigamateriallar, T., 1996; Ergashev B. X., Ideologiya nasionalnoosvoboditelnogo dvijeniya v Buxarskom emirate, T., 1991.