Tursunov Farhod Yusupovich
Tursunov Farhod Yusupovich (1931.30.10, Chimkent) — me’mor, prof. (1985). ToshPI ni tamomlab (1957), shu erda o’qituvchi (1957 — 62), loyihalash i.t. intida loyihalovchi va loyiha bosh me’mori (1962 — 66), Toshkent sh. ijroiya qo’mitasi arxitektura planlashtirish bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari (1966 — 69), O’zbekiston Me’morlar uyushmasi raisi (1968 — 80), Bosh plan inti direktori (1969 — 85), O’zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni saklash jamiyati raisining 1o’rinbosari (1985-88), 1988-91 y.lar Toshkent politexnika inti arxitektura ftida, 1991 y.dan arxitektura va qurilish intida dare beradi. Qurilishda milliylik, tarixiy me’moriy an’analarni tabiiy iklim sharoitini hisobga olgan holda zamonaviy me’morlikka uyg’unlashtirish T. ijodiga xos. T. shahar qurilishi majmuasidagi Toshkent sh. markazi loyihasi va qurilishi (1969-74, Davlat mukofoti, 1975), “Paxtakor” metro styasi (1977), “xalklar do’stligi” majmuasi (1982), “Turkiston” saroyi (1992), Respublika birja markazi (1996), Toshkent sh. hokimiyati binosi (1998) va b. qurilishlarda me’mor syfatida ishtirok etgan. Haykaltaroshlik va me’morlikka oid ilmiy risolalar muallifi. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1991).