Tursunqulov Hamroqul

Tursunqulov Hamroqul (1892, hoz. Farg’ona tumani Vodil qishlog’i — 1965.9.8, Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani Sho’ralisoy qishlog’i; Toshkent sh.da Chig’atoy qabristoniga dafn etilgan) — qishloq xo’jaligi. ishlab chiqarishi tashkilotchisi. 3 marta mehnat qaxramoni (1948, 1951, 1957). Farg’ona viloyati Chimyon volost ijroiya qo’mitasi raisi (1922-23), Chimyon rN “Qo’shchi” uyushmasi raisi (1925), Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida “birlik” va “mehnat” qishloq xo’jaligi. artellarini tuzgan (1929). Tojikistonda davlat xo’jaligi direktori (1930-35). 1935 y.dan to umrining oxirigacha Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanidagi “Sharq yudduzi” kzi (hoz. H. Tursunqulov nomidagi shirkat xo’jaligi) raisi bo’lgan. T. rahbarligida kz respublikada ilg’or xo’jaliklar qatoriga ko’tarilib, dehqonchilik va chorvachilikda yuqori ko’rsatkichlarga erishgan. Sho’ralisoy qishlog’ida T. muzeyi bor. Farg’ona viloyati Fargona tumanida shirkat xo’jaligi, Toshkent sh.dagi ko’chalardan biri T. nomiga qo’yilgan.