Tush haqida hayratlanarli faktlar
Tush – bu haqiqiy hayotga o’xshamaydigan, boshqa hayotni yashab o’tadigan bizning ikkinchi realligimizdir. Tushda biz parvoz qilishni, suv ostida nafas olishni, bosh aylantiradigan harakatlarni bajara olamiz… Ammo bu – hali hammasi emas.
Tush paytida sizning tanangizbilan sodir bo’ladigan narsa, siz o’ylaganingizdan ham g’aroyibdir! Bizningmazkur tushlar haqidagi maqolamizni diqqat bilan o’qing, tushingiz ma’nosiniesa tush tabiri kitobidan bilib olishingiz mumkin.
Olimlar, “tez tush” vaqtida inson yangi bilimlarnio’rganishi mumkinligini aniqladilar, va bu tush paytida bosh miyasi juda aktivishlar ekan. Bu bu bosqich qanchalik uzoq davom etsa, shunchalik ko’pma’lumotni tush davomida o’rganib olishimiz mumkin.
O’z tushlarini nazorat qilib biluvchi odamlar, odatda buni qanday qila olishni bilmaydiganlar yoki umuman uni eslab qololmaydiganlardan ko’ra baxtliroq hisoblanishadi. Kelajakdagi sodir bo’lishini xohlayotgan voqealar haqida uzoq vaqt bir xil tushni qaytib-qaytib ko’radiganlar esa, orzulari ushalishiga, orzusini tushida ko’rolmaydiganlardan ko’ra, odatda ko’proq yetishadi. Buning hech qanday g’ayritabiiy joyi yo’q: tushda bo’lsa ham, ijobiy tuyg’ularni his qilganimizda, miya hujayralari aktivroq harakat qilishni boshlaydi. Bundan tashqari, yoqimli tushdan so’ng biz ancha tetik va yutuqqa erishishga moyil bo’lib uyg’onamiz.
Chuqur, tinch uyqu paytida tana va miya tinchlanadi, va avvallari bir necha qavat ostida qolib ketgan xotirlar yuzaga chiqadi. Shu uchun, agar sizga kerakli ma’lumotni qiynalib eslamoqchi bo’lsangiz, unda uxlang. Yaxshisi, yotoqda bir o’zingiz bo’lsangiz, xonaga tashqaridan shovqinlar kirmaydigan bo’lsa, – unda sizning organizmingiz tezroq tinchlanadi, va kerakli xotiralar juda katta ehtimollik bilan xotirangizda tiklanadi.
Tushlarni nazorat qilishni o’rganganlar va uning syujetini o’z xohishlariga xos tuzadiganlar ba’zida tushlarga nosog’lom bog’liqlikni his qilishni boshlaydilar va real hayotga umuman qaytgilari kelmaydi. Bu – nosog’lom qiziqishning yana bir turi, alkogolizm va o’yin havaskorligi singari, – to’g’risi, xudoga shukurki, bu juda kamdan-kam uchraydigan holat. Uning davolanishi bilan ko’proq psixoterapevt-mutaxassislar shug’ullanishadi.
Ko’pincha tungi qo’rqinchli tushlar real hayotda boshdan kechiradigan yomon xotiralar yoki noxushliklar bilan bog’liq. Ulardan qutulish uchun, birinchi navbatda, yomon tushlarni hayotga aynan nima keltirib chiqarganini tushunish, va bu muammoni hal qilish uchun biror bir qadamlarni qo’yish kerak bo’ladi. Agar siz qo’rqinchli tushlarni hech qanday sababsiz ko’rsangiz, balkim, tunga qarab haddan ziyod ovqatlanmaslik va uyqudan oldin, ujas filmlar u yoqda tursin, kuchli syujetli filmlar ko’rmaslik kerak.
Siz o’z buyurtmangiz bo’yicha tush ko’rishga so’zsiz kuchingiz yetadi. Bu uchunosonidan boshlang: endigina uyg’onganingizda, o’z tushlaringiz syujet larini yoziboling, va ular ichida nima haqiqat bilan bog’liq, nima esa butunlay fantaziya olamigategishliligini alohida belgilab qo’ying. Bu sizni nafaqat tushlarni eslab qolishingizga,balki ularni nazorat qilishga imkon beradi. Biroz vaqtdan so’ng, siz buyurtma qilgantushni ko’rishingiz mumkin, agar uyqu oldidan uning xohishiy syujetini yaxshilabtasavvur qilsangiz, albatta.
Ba’zi odamlar, kelgusida aynan ularni nima kutishi haqida bashorat qiluvchi tushlarni ko’rganlar. Shunday qilib, prezident Avraam Linkoln tushida o’z o’limini ko’rgan, Mark Tven esa kelajakdagi akasining o’limini o’z tushida ko’rgan. Birvaqtning o’zida bir necha kishi “Titanik” ning fojiasini, uning haqiqatda ro’yberishidan oldin, tushlarida ko’rishgan. Olimlar haligacha bu fenomenni tushuntiraolmayaptilar, ammo ularning eng ilmiy jihatdan fikrlovchilari ham bu faktniinkor etmaganlar. Shuning uchun, agar siz biror muhim hodisani tushingizdako’rgan bo’lsangiz, bunda bu tush sizga haddan tashqari haqiqiydek tuyulsa,unda uni fikrlash uchun yangi ozuqa deb qabul qilavering.