Tushingizda pastga qulayotganingizni his qilsangiz, bilingki, o’sha paytda miyangiz siz hali tirik ekaningizga ishonch hosil qilmoqda
Olimlar ta’kidlashicha, bu holat “hushdan ayrilishga o’xshash qulayotgandek tuyg’u” deb ataladi. U odatda uyquga ketish jarayonida yuz beradi. Miya va tana uyqu holatiga o’tayotganda, asab tizimi qisqa muddatli impuls yuboradi va odam o’zini pastga qulayotgandek his qiladi. Bu esa tana va miya o’rtasidagi aloqaning hanuz faolligidan dalolat beradi — ya’ni miya hayot belgilari barqarorligini “tekshirib” turibdi. Shuning uchun bunday holatlar xavfli emas, balki tabiiy fiziologik jarayon hisoblanadi…