Tut
Tut (Morus) — tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxt; O’zbekistonda 5 turi o’stiriladi. Oq T. (M. alba) va qora T. (M. migra) mevasi iste’mol qilinadi. Sershox T. (M. multicaulis), kagayamat. (M. Kagayame) va ipak qurti T.i (M. bonabycis) turlaridan, asosan, ipak kurti boqishda foydalaniladi. T. tez o’sadi, qurg’oqchilik va sovuqqa chidamli. Shoxshabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida. Bo’yi 15— 18, ba’zilariniki 20-25 m, yo’g’onligi 1,5 m gacha. Katta yoshdagi baland tanali T. daraxtlaridan 20-40 kg gacha barg, 50-60 kg meva hosili olinadi. T. ning egribugri (ilono’t) va pastga qarab o’sadigan (Majnun T.) xillari ham bor. Daraxti 300, ayrimlari 500 yil yashaydi. Oq T. (q. Balxi tut) va shotut mevasi shirin, shifobaxsh, har xil vitaminlarga boy. O’zbekistonda T. qadimdan ekib ko’paytiriladi. Yangiligida iste’mol qilinadi, shinni, murabbo, mayiz, spirtli ichimlik tayyorlanadi. Bargi tut ipak qurti boqishda ishlatiladi. T. ikki uyli o’simlik. Gullari bir jinsli. T. urug’idan, qalamchasidan, payvand va parxish qilib ko’paytiriladi. Qurt boqish uchun ekiladigan T. navlari barg hosili mo’l, bo’yi baland, ko’p kallakli yoki buta shaklida o’stiriladi. T. novdalari kesilganda tezda yangi novda chiqaradi. Har yili qurt boqish uchun kesilganligi tufayli 60-70 y.da qarib, hosildan qoladi. Bunday T. yoshartiriladi. T. tanasi mustahkam chidamli, T. yog’ochidan bochkalar, beshiklar, novdalaridan savatlar, zambillar, kajavalar, engil stullar yasaladi. Ipak qurti boqish uchun T. nihollari va ko’chatlarini etishtirish, tutzorlar barpo etish — tutchilik pillachilikning muhim sohasi hisoblanadi. 1970-91 y.larda Ipakchilik uHcmumymuda ipak qurti boqishga mo’ljallangan T. ning 9 navi (Mankent, Pioner, SANIISH33, Surxtut, O’zbekiston va b.) va 3 duragayi chiqarilgan va rnlashtirish uchun davlat reestriga kiritilgan. Kasalliklari: bakterioz, vilt, ildiz chirishi, po’kaklanish va b. Zararkunandalari: tut odimchisi, tut parvonasi, Komstok qurti, kuzgi tunlam, tripslar, bo’rtma nematodlar, simqurtlar, o’rgimchakkana. O’lmas Ko’chqorov, Davronbek Xolmatov.