Tut odimchisi
Tut odimchisi (Apocheima cineraius Easch.) — kapalaklar turkumining odimlovchilar oilasiga mansub hasharot; tut bargining ashadiy zararkunandasi. Kapalagi sarg’ish. Qanotlarini yoyganda 25 mm. T.o. bir yidda 1 avlod beradi, shundan 9 oyini er tagida g’umbak holda o’tkazadi. Erta bahorda urg’ochi kapalagi 800-1000 donagacha tuxum qo’yadi. Qurti martning 2yarmi yoki apr. boshlarida chika boshlaydi. Hayoti davrida 5 yoshni o’taydi. Qurtlar yangi tut kurtagi va barglarini kemirib, uni butunlay yo’q qiladi. Har bir qurt o’rtacha 1,5 kg barg iste’mol qiladi (ipak qurtiga qaraganda 8 marta ko’p). 30-40 kundan so’ng (may oyi boshlarida) 20-30 sm chuqurlikda o’ziga in yasab, g’umbakka aylanadi va shu joyda qishlaydi. T. o. qurtini yo’qotish uchun kompleks agrotexnik (tut daraxtlari tagini kuzda va bahorda yumshatish, kuzda tut kator oralarini chuqur haydash, begona o’tlarni yo’qotish) hamda kimyoviy kurash (tutning ko’karib turgan kurtaklariga karbofos, Bi58, tsiperfos, sumialfa preparatlaridan birining 0,1—0,3% eritmasi purkash) choralari tavsiya etiladi.