Tut parvonasi
Tut parvonasi (Glyphodes pylaialis Walker.) — qurti faqat tut bargi bilan oziqtanadigan zararkunanda hasharot. Ayniqsa, tut daraxtlari, nihollari, bargiga jiddiy zarar keltiradi. To’liq rivojlanadigan hasharot. Katta yoshdagi qurtlari daraxt po’stloqlari tagida maxsus ipakdan to’qigan belanchagi ichida qishlab chiqadi. Bahorda g’umbakka aylanadi, 15-20 kundan so’ng undan kapalaklar uchib chiqadi. Kapalagi mayda, qanotlari yozilganda 15-17 mm, qanotida ko’ndalang chiziklari bor. Har bir kapalak (tut bargiga 2-3 tadan) o’rtacha 5060 ta tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar tut bargi to’qimalarini eb shikastlaydi. Zararlangan daraxt novdalari quriydi, sovuqqa chidamliligi pasayib ketadi. Yil davomida 6-7 marta avlod beradi. Oxirgi avlodning qurtlari okt.noyab. oylarida qishlashga o’tadi. 1994 y.dan O’zbekistonda dastlab Afg’oniston orqali Surxondaryo viloyatida, keyingi yillarda Farg’ona, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida tarkalgan. T. p.ga qarshi biologik kurash usullari yaxshi samara beradi.