Tutash muhitlar mexanikasi
Tutash muhitlar mexanikasi — mexanikaning gazlar, suyuqliklar, plazma va deformasiyalanuvchi qattiq jismlarning harakati hamda muvozanatini o’rganuvchi bo’limi. Gidrodinamika, elastiklik nazariyasi, plastiklik nazariyasi, shuningdek, qator boshqa nazariyalarini o’z ichiga oladi. T. m.m. moddaning diskret (atom, molekulyar) tuzilishini hisobga olmaydi, uni yaxlit, uzluksiz muhit deb qaraydi. Muhitning xarakati va muvozanati tenglamalari, uzilmaslik tenglamasi, energiyaning saklanish qonuni, shuningdek, kuchlanishlar, deformasiyalar, deformasiya tezliklari va b. orasidagi bogliklik munosabati T.m.m.ning asosini tashkil etadi. Muhit xarakteristikalari tra va b. fizikkimyoviy parametrlarga bog’liq bo’lishi mumkin. Aniq bir masala echilayotganda yuqorida sanab o’tilgan tenglamalardan tashqari muhitning xususiyatlariga bog’liq boshlang’ich va chegaraviy shartlar ham berilishi shart. T. m.m. usullari fan va texnikada keng qo’llanadi.